Andijonda ikki nafar bola o‘z uyida o‘ldirib ketildi
Shundan so‘ng ular uy hovlisiga ko‘mib qo‘yilgani aytilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqda Andijon shahrida 3 va 8 yoshli bolalar o‘z yashash xonadonida o‘ldirib ketilgani va uy hovliisiga ko‘mib qo‘yilgani haqida xabar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat prokuraturasi rasmiy bayonot berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Andijon shahar Zafar ko‘chasi 4-uyda yashab kelgan voyaga yetmagan S. O‘. va R. O‘ ning jasadi yashash xonadonidan qotillik alomatlari bilan topilgan.
Mazkur holat yuzasidan Andijon shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari viloyat prokuraturasining o‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish bo‘limi tomonidan o‘tkazilmoqda. Tergov harakatlari shaxsan viloyat prokurori tomonidan nazoratga olingan.








