O'zbekiston

“Bugun g‘alaba qozonib, butun xalqimizni xursand qilmoqchi edik. Biroq bu ishni uddalay olmadik. Buning uchun uzr so‘rayman”

Timur Kapadze matbuot anjumanida ishtirok etib, o‘yin haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

“Bugun g‘alaba qozonib, butun xalqimizni xursand qilmoqchi edik. Biroq bu ishni uddalay olmadik. Buning uchun uzr so‘rayman”

 

Bugun, 19-iyun kuni “Bunyodkor” stadionida O‘zbekiston mezbonlik qilayotgan 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo Kubogining final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda saudiyaliklar O‘zbekiston ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvdan keyin Timur Kapadze matbuot anjumanida ishtirok etib, jurnalistlarning savollariga javob berdi.

 

O‘yin haqida


“Bugun g‘alaba qozonib, butun xalqimizni xursand qilmoqchi edik. Biroq bu ishni uddalay olmadik. Buning uchun uzr so‘rayman. Nasib emas ekan. Barcha muxlislarimizga rahmat aytamiz. Keyingi turnirlarda yaxshiroq natija qayd etishga harakat qilamiz”.


Bo‘riyevning o‘yin davomidagi harakatlari


“U o‘yin davomida yaxshi harakat qildi. Bugun o‘yin qiyin bo‘ldi. Afsuski, mag‘lubiyatga uchradik. Bolalarga rahmat aytaman. Bu bizga katta maktab bo‘ldi, bu mag‘lubiyatdan keyin yanada kuchliroq bo‘lamiz deb umid qilaman”.


Charchoq haqida


“Albatta, bu turnirda hamma jamoada charchoq bor, ayniqsa, finalchilarda. Chunki uzoq yo‘l bosib o‘tiladi. Bugun bolalar borini berib harakat qilishdi.


Bizning bu jamoani tashkil qilganimizda asosiy maqsad – Olimpiada. Biz bu turnirda yoshroq futbolchilar bilan ishtirok etgan bo‘lsak ham, yaxshi natija qayd eta oldik, deb o‘ylayman. Bu turnir futbolchilarni ham ruhan, ham jismonan ko‘rib oldik. Bolalar zo‘r o‘ynadi, men ulardan faxrlanaman. Qaysidir o‘yinda, qaysidir futbolchi yaxshiroq o‘ynadi, qaysidirida esa boshqasi. Aytishim kerak, hali yanada o‘sishimiz kerak.


Futbol shunday narsa – uzoq dam ololmaysiz. O‘yin tugagandan keyin u tarixga kiradi. Siz keyingi o‘yinga tayyorgarlik ko‘rishingiz kerak. To‘g‘ri, futbolchilarimda ruhiy va jismoniy tomonlama biroz toliqish bor. Lekin hayot davom etadi”.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

“Bugun g‘alaba qozonib, butun xalqimizni xursand qilmoqchi edik. Biroq bu ishni uddalay olmadik. Buning uchun uzr so‘rayman” | Zamon.uz