O‘zbekiston–Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi futbol bahsi yakunlandi
O‘yinda saudiyaliklar 2:0 hisobida g‘olib bo‘ldi.

Bugun, 19-iyun kuni “Bunyodkor” stadionida O‘zbekiston mezbonlik qilayotgan 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo Kubogining final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda saudiyaliklar O‘zbekiston ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Ikkinchi bo‘lim avvalida Al-Gamdi hisobni ochdi. 74-daqiqada Al-Buraykan oradagi farqni ikkitaga yetkazdi.
Shu tariqa “sahro lochinlari” ikkinchi o‘rin bilan cheklandi va O‘zbekiston U-23 Osiyo kubogining kumush medalini qo‘lga kiritdi.








