Bosh vazir Belarusga bordi
U YеOIIning hukumatlararo kengashi majlisida ishtirok etishi kutilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Belarusga ishchi tarif bilan bordi. Bu haqda Belarus hukumati xabar berdi.
Uni aeroportda belaruslik hamkasbi Roman Golovchenko kutib olgan. Aripov Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining hukumatlararo kengashi yig‘ilishida ishtirok etadi. Ushbu tadbir 20-21 iyun kunlari Minskda bo‘lib o‘tadi.
Avvalroq Abdulla Aripovning Qirg‘izistonga tashrif bilan borgani to‘g‘risida xabar berilgandi.







