Isroil AQSH bilan havo-hujumiga qarshi mudofaa alyansini tuzadi
Bu haqda Isroil mudofaa vaziri maʼlumot berdi.

Isroil va AQSH “Havo hujumiga qarshi mudofaa tizimi bo‘yicha Yaqin Sharq alyansi”ni tuzish ustida ishlamoqda. Bu haqda Isroil mudofaa vaziri Beni Gans maʼlum qildi.
Bu masala Jozef Baydenning Tel-Avivga 13-14 iyul kunlari amalga oshiradigan tashrifi vaqtida muhokama qilinadi. Gansning so‘zlariga ko‘ra, ushbu alyans “hozirning o‘zidayoq Eron va boshqa davlatlarning Isroilga qarshi tahdidlariga ogohlantirish bo‘ldi”. Bu bo‘yicha boshqa tafsilotlar keltirilmagan.
Avvalroq Saudiya Arabistoni Isroil bilan iqtisodiy aloqalarni kuchaytirmoqchi ekanligi to‘g‘risida xabar berilgandi.







