Lukashenko sentyabrda O‘zbekistonga keladi
Bu haqda Belarus bosh vaziri maʼlumot berdi

Aleksandr Lukashenko O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqda Belarus bosh vaziri Roman Golovchenko maʼlum qildi.
Tashrif sentyabr oyiga mo‘ljallangan. Belarus rahbari SHHT sammitida ishtirok etishi kutilmoqda.
Bundan tashqari, u Toshkentda Shavkat Mirziyoyev bilan ikki tomonlama muzokara o‘tkazishni rejalashtirgan.
Avvalroq Abdulla Aripovning Belarusga borgani to‘g‘risida xabar berilgandi.







