Jahon

Nur-Sulton Rossiyaga qarshi iqtisodiy sanksiyalarga qo‘shildimi?

OAVda Rossiyaning 1700 vagon ko‘miri Qozog‘iston hududida to‘xtatib qo‘yilgani haqida xabarlar tarqalgan.

Nur-Sulton Rossiyaga qarshi iqtisodiy sanksiyalarga qo‘shildimi?

 

Qozog‘iston sanoat va infratuzilma taraqqiyoti vazirligi bu xabarlarni inkor etdi.

 

“Sanoat va infratuzilma taraqqiyoti vazirligi transport qo‘mitasi rasman maʼlum qiladiki, ushbu xabarlar feyk hisoblanadi”,– deyiladi vazirlik bayonotida.

 

Vazirlik aslida mamlakat hududida hech qanday 1700 vagon ko‘mir yo‘qligini maʼlum qilgan. Shu bilan birga temiryo‘l liniyalarida hech qanday ko‘mir ortilgan vagonlar mavjud emas.

 

“Temiryo‘llarda hech qanday uzilishlar yo‘q — eksport va import odatdagi tartibda amalga oshirilmoqda”, – deb qayd etilgan bayonotda.

 

Sanoat va infratuzilma taraqqiyoti vazirligi bu feyk maʼlumotlarni ikki davlatning hamkorlik aloqalarini buzishga qaratilganini taʼkidlagan.  

 

Avvalroq Qosim-Jo‘mart To‘qayevning Rossiya ordenini olishdan bosh tortgani to‘g‘risida xabarlar tarqalgandi. Ammo bu keyinchalik Kreml tomonidan inkor etildi.

 

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Nur-Sulton Rossiyaga qarshi iqtisodiy sanksiyalarga qo‘shildimi? | Zamon.uz