Rossiyada koronavirus yuqtirish holati ko‘paymoqda
Bir sutkada 2,6 mingdan ortiq kishida infeksiya aniqlandi.

Rossiyada koronavirusning yangi holatlari ko‘paymoqda. O‘tgan sutkada 2,6 mingdan ortiq kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Bu haqda “Interfaks” nashri xabar bermoqda.
Bir kunda 600 dan ortiq odam kasalxonaga yotqizildi, 54 nafar bemor COVID-19 tufayli vafot etdi.
Tezkor shtab ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatning 24 ta nuqtasida kasalxonaga yotqizilganlar soni ko‘paygan. 39 ta hududda esda buning aksi kuzatilgan. 22 ta hududda vaziyat o‘zgarishsiz qolgan.








