O'zbekiston

Samarqandda yana savdo do‘koni yonib ketdi

Hodisaga elektr simlarining qisqa tutashuvi sabab bo‘lgan, deb taxmin qilinmoqda.

Samarqandda yana savdo do‘koni yonib ketdi

 

Bugun, 20-iyun kuni Samarqand shahrida fuqaroga tegishli savdo do‘koni va omborxonada yong‘in yuz berdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.


Qayd etilishicha,  bugun soat 19:25 da Samarqand shahri “Bog‘isaroy” MFY Spitamin shohko‘chasi 68-uyda joylashgan “Saidabegim” oilaviy korxonasiga qarashli omborxona va savdo do‘konida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida viloyat FVB xabar kelib tushgan.
Voqea joyiga yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 19:28 da yetib borgan va yong‘in soat 20:35 da to‘liq o‘chirilgan. Uni bartaraf etishga 6 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji va 2 ta maxsus suv tashish texnikasi jalb etilgan. 


Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, omborxona va savdo do‘konining taxminan 210 kvdrat metr maydonida shift, tom qismi va omborxona ichidagi paxta toylari yonib zararlangan. 350 kvadrat metr maydon yong‘indan saqlab qolingan.


“Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q. Yong‘in taxminan elektr simlarining qisqa tutashuvidan sodir bo‘lgan”, — deyiladi xabarda.


Hozirda yong‘indan  keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.


Eslatib o‘tamiz, bundan oldin Samarqand viloyatining Oqdaryo tumanidagi savdo do‘konlarida yong‘in yuz bergandi. Bundan tashqari, 5-iyun kuni Narpay tumanidagi dehqon bozorida ham yirik yong‘in sodir bo‘lgan.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Samarqandda yana savdo do‘koni yonib ketdi | Zamon.uz