Jahon

Moskva birjasi o‘zbek so‘mida savdolarni yo‘lga qo‘yadi

Yangi valyutalar qatorida arman drami va Janubiy Afrika rendi ham bo‘lishi kutilmoqda.

Moskva birjasi o‘zbek so‘mida savdolarni yo‘lga qo‘yadi

 

Moskva birjasi rasmiy sayti maʼlum qilishicha, 27-iyun kuni birjaning valyuta bozorida o‘zbek so‘midagi savdolar boshlanadi.

 

Bu bozorning professional ishtirokchilari, ularning mijozlari – jismoniy va yuridik shaxslar savdo imkoniyatlarini kengaytiradi. Xususan, tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlariga ham sohada qulayliklar yaratadi.  

 

Treyderlar va ularning mijozlari o‘zbek so‘mi – Rossiya rubli (UZS/RUB) juftligi uchun spot va svop vositalaridan foydalanishlari mumkin.

 

Moskva birjasida yangi valyutalar qatorida arman drami va Janubiy Afrika rendi ham paydo bo‘ladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"