Rossiya oligarxlarining YEIdagi salkam 13 mlrd yevrolik aktivlari muzlatib qo‘yildi
Bloklangan aktivlar hajmi joriy yilning aprel oyidan buyon deyarli ikki baravarga oshdi.

Rossiya oligarxlari va institutlari Yevropa Ittifoqi sanksiyalari natijasida xarajati 12,5 milliard yevrodan ortiq qimmatbaho yaxtalar, vertolyotlar va ko‘chmas mulk kabi aktivlari ustidan nazoratni yo‘qotdi. Bu haqda dw.com nashri maʼlum qildi.
«Rossiyalik oligarxlarning bloklangan aktivlari hajmi joriy yilning aprel oyidan buyon 6,7 milliard yevrodan 12,5 milliard yevrogacha deyarli ikki baravarga oshdi», — dedi Yevropa Komissiyasi adliya komissari Kristian Vigand Die Welt nashriga.
U blokirovka qilingan aktivlarning keskin o‘sishini so‘nggi haftalarda, xususan, Germaniyada rossiyalik oligarxlarga tegishli ko‘plab obyektlarning aniqlanishi va bloklanishi bilan izohladi.







