Lukashenko yana Putinning yoniga keldi
Ikki prezident 3 kun davomida muzokara o‘tkazadi.

Aleksandr Lukashenko 25 iyun kuni Vladimir Putin bilan uchrashuv o‘tkazadi. Bu haqda BelTA xabar berdi.
Bundan oldin RF prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Lukashenkoning Rossiyaga norasmiy tashrif bilan kelganini maʼlum qilgandi. Ikki davlat rahbarlari 23-24 iyun kunlari Zavidovo davlat qarorgohida muloqot qiladi.
25 iyunda esa Putin va Lukashenko Sankt-Peterburgda muzokara o‘tkazadi. Qayd etish kerakki, shu kuni Rossiya-Belarus o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilganiga 30 yil to‘ladi.
Avvalroq Lukashenko sentyabrda O‘zbekistonga kelishi to‘g‘risida xabar berilgandi.







