"Nike" Rossiya bozorini butunlay tark etdi
Kompaniya do'konlari yopilgan va qayta ochilmaydi

Amerikaning kiyim-kechak va poyabzal ishlab chiqaruvchi "Nike" kompaniyasi Rossiya bozoridan butunlay chiqib ketishga qaror qildi, deyiladi kompaniya saytidagi xabarida.
"Nike" Rossiya bozoridan chiqishga qaror qildi. Natijada Nike.com va Nike mobil ilovasi bu hududda ishlamaydi. "Nike" do'konlari yopilgan va qayta ochilmaydi", - deyiladi kompaniya bayonotida.
Mart oyi boshida "Nike" Rossiyaga mahsulot yetkazib berishni to‘xtatdi, biroq onlayn do‘konlarni yopish to‘g‘risida qaror qabul qilinmagan edi.







