Ukraina Gruziyaning YеIga qo‘shilishiga to‘sqinlik qilyapti(mi?)
Rossiya bilan nizo Kiyev Yevroittifoqqa nomzodga aylanishida asosiy faktor bo‘lgani aytildi.

Ukraina Gruziyaga Yevroittifoqqa nomzod maqomi berilishiga qarshi chiqqan. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Irakliy Garibashvili maʼlum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hukmron "Xalq xizmatkori" partiyasi rahbari David Araxamiya shu maqsadda shaxsan Yevropa va AQSHga borgan. Shu bilan birga bo vazir Ittifoqqa qabul qilinishda mamlakatdagi demokratiya holati emas, Rossiya bilan nizoda bo‘lish talab etilayotganini taʼkidlagan.
"Yevropalik hamkasblarim yutuqlarni hisobga olib, qarorlar qabul qilinishini aytishadi, ammo afsuski biz buni amalda ko‘rmadik. Menga shaxsan Ukraina nizosini asosiy faktor sifatida ko‘rilayotgani aytildi", — degan Garibashvili.
Avvalroq nizo tugamaguncha Ukraina Yevroittifoqqa qo‘shilolmasligi maʼlum bo‘lgandi.







