MDH davlatlari mudofaa vazirlari uchrashdi
Ushbu yig‘ilish Moskvada bo‘lib o‘tgan.

Moskva shahrida MDH davlatlari mudofaa vazirlari kengashining 80 sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
Uchrashuv yakunlariga ko‘ra, bir qator muhim kelishuvlarga erishilgan. Xususan:
- Dunyodagi harbiy-siyosiy vaziyat muhokama qilingan;
- Minalashtirilgan hududlarni tozalash maqsadida gumanitar qo‘shma bo‘linma tuziladi;
- Yagona havo hujumiga qarshi mudofaa tizimini rivojlantirishni moliyalashtirish masalasi ko‘rib chiqilgan;
- Qo‘shma aloqa tizimlari rivojlanishi holati tahlil qilingan;
- Aviatsiya parvozlari xavfsizligi masalasi ko‘rib chiqilgan;
- MDH doirasida “Tinchlikka qo‘shgan hissasi uchun” medalini taʼsis etish maʼqullangan.
Avvalroq Abdulla Aripovning Belarusga borgani to‘g‘risida xabar berilgandi.







