O'zbekiston

“Qo‘yliq” bozori buzilmaydi—hokimlik

Toshkent shahar hokimligi ijtimoiy tarmoqda tarqalgan xabarlarga rasmiy munosabat bildirdi.

“Qo‘yliq” bozori buzilmaydi—hokimlik

 

Ijtimoiy tarmoqda “Qo‘yliq” bozorini shahar ehtiyojlari uchun olib qo‘yish masalasi keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Holatga Toshkent shahar hokimligi rasmiy munosabat bildirdi.


Ma’lum qilinishicha, “Qo‘yliq” dehkon bozorining to‘liq hududi davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish ko‘zda tutilmagan. Asosiy kirish joyi oldidagi avtoturargoh hududining bir qismi va bir nechta vaqtincha savdo qurilmalarining o‘rni qurilish jarayoniga jalb etiladi. Bunda, asosiy bino va savdo rastalarining aksariyati o‘z joyida qoladi. Loyihaga ko‘ra, jalb etiladigan hududning umumiy maydoni 10 ming kvadrat metr atrofida bo‘ladi.


“Qo‘yliq” buyum bozori ham to‘liq olib qo‘yilmaydi. Bu yerda ham avtoturargoh hududi va bir nechta vaqtincha qurilmalarning o‘rni ishlarga jalb etilib, ular uchun kompensasiya mablag‘lari to‘lab beriladi. Buyum bozorining ham asosiy paviloni o‘z joyida qoladi. Avtoturargoh hududi bilan birga ishlarga jalb etiladigan umumiy maydon 6,3 ming kvadrat metrni tashkil etadi.


Ishlar yakunidan so‘ng bozorlarning avtoturargohi xavfsizlik talablarini hisobga olgan holda tegishli ruxsatnoma bo‘lsa, ko‘prik va yondosh yo‘llarning tayanch inshootlari ostida joylashtirilishi mumkin.


“OAVda keltirilayotgan jadval faqatgina obyektlar haqidagi umumiy ma’lumotni aks ettirgan bo‘lib, ular buzilishidan dalolat bermaydi. Ushbu yer maydonlari yo‘l o‘tkazgich, Bektemir yo‘lidan TXAYga va TXAYdan Bektemir yo‘liga (Farg‘ona yo‘lining davomi) tushuvchi yo‘llar qurilishi sababli davlat va jamoat foydasiga jalb etilmoqda”, — deyiladi xabarda.


Qo‘shimcha qilinishicha, hozirda Toshkent shahrida yo‘l-transport infratuzilmasini jadal takomillashtirish ishlari davom etmoqda. Ushbu yo‘l o‘tkazgich, shu jumladan, uning tarkibidagi yondosh yo‘llar shaharga kirishda transport oqimini tezlashtirish, shaharga kirish qismida tirbandliklarning va avariyaviy holatlarning oldini olishga xizmat qiladi.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

“Qo‘yliq” bozori buzilmaydi—hokimlik | Zamon.uz