Xitoyda blogerlarga tibbiyot va huquq masalalarida gapirish taqiqlandi
Ammo agar ularda zarur maʼlumot bo‘lsa, bunga ruxsat berilishi mumkin.

Xitoyda blogerlarga zarur maʼlumotga ega bo‘lmasdan turib tibbiyot va huquqshunoslik mavzularida gapirish taqiqlandi. Bu haqda CNBC xabar berdi.
Endilikda “yana-da yuqori professional daraja” talab etiladigan kontent uchun blog egalari zarur malakaga ega bo‘lishi va uni platformaga taqdim etishi kerak bo‘ladi. Xitoy radio va televideniye davlat boshqarmasining maʼlum qilishicha, faqatgina shundan keyin ular ushbu masalalar haqida gapira oladi.
Avvalroq Xitoyda bug‘doy va sarimsoq piyoz evaziga uy sotib olish imkoniyati paydo bo‘lgani to‘g‘risida xabar berilgandi.







