Shanxayda elektromobil 3-qavatdan qulab tushdi
Hodisa oqibatida 2 kishi halok bo‘lgan.

Xitoyning Shanxay shahrida “Nio” rusumli elektromobil ofis binosining uchinchi qavatidagi avtoturargohdan qulab tushdi. Bu haqda “CNBC” nashri xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, voqea 22-iyun kuni kuni Pekin vaqti bilan 17:20 atrofida sodir bo‘lgan. Hodisa oqibatida avtomashina salonida bo‘lgan ikki kishi vafot etgan. Hozirda “Nio” kompaniyasi tomonidan avtohalokat sabablarini aniqlash ishlari olib borilmoqda.
Ma’lumot uchun: “Nio”— Xitoydagi bir qator elektr avtomobil brendlaridan biri hisoblanadi. Uni ba’zan “Tesla Xitoy qotili” deb ham atashadi.








