O'zbekiston

Toshkent davlat pedagogika universitetiga akademik mustaqillik beriladi

2024/2025-o‘quv yilida universitetning pedagogika ta’lim yo‘nalishlariga qabul jarayonlari ikki bosqichda amalga oshiriladi.

Toshkent davlat pedagogika universitetiga akademik mustaqillik beriladi

 

Joriy yilning 21-iyun kuni “Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–290) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining rasmiy telegram sahifasida xabar berildi.


Qarorga ko‘ra, 2023-yildan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetiga akademik, tashkiliy va moliyaviy mustaqillik beriladi.


2024-2025-o‘quv yilida tajriba-sinov tariqasida Universitetning pedagogika ta’lim yo‘nalishlariga qabul jarayonlari ikki bosqichda – dastlabki imtihon  va kirish test sinovlari orqali amalga oshiriladi.

 

Bunda dastlabki imtihon va kirish test sinovlari Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladi. Dastlabki imtihon doirasida abituriyentlarning pedagogik kasbga moyilligi o‘rganiladi. Kirish test sinovlarida qatnashishga faqat dastlabki imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan abituriyentlarga ruxsat etiladi.


2024-yil 1-yanvarga qadar universitet faoliyatida “Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish” axborot tizimini to‘liq joriy etiladi. Universitetning ilmiy jurnalini Scopus, Web of Science yoki boshqa xalqaro ma’lumotlar bazalariga kiritiladi.

 

custom img

Yomg‘ir, qor va kuchli shamol: O‘zbekistonga sovuq havo kirib keladi

“O‘zgidromet” ob-havo keskin o‘zgarishidan ogohlantirdi.

custom img

Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish: 14 yoshga to‘lmagan bolalarga nisbatan jinsiy jinoyatlar uchun jazo kuchaytiriladi

Senatda jazo choralarini kuchaytirish ko‘rib chiqilmoqda.

custom img

“Bu xabarlarni vazir yubormagan”: Oliy ta’lim vazirligidan ogohlantirish

Qo‘ng‘irotboy Sharipov nomidan yuborilayotgan xabarlar soxta ekani ma’lum qilindi.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"