Toshkentda nonlar orasida narkotik tashiyotgan shaxs ushlandi
U Namangandan poytaxtga kelayotgan vaqtida qo‘lga tushgan.

Joriy yilning 18-may kuni Toshkent viloyatida nonlar orasida narkotik modda tashiyotgan fuqaro qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, shu kuni Namangan–Toshkent yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanayotgan Cobalt rusumli avtomashina to‘xtatib, tekishirilgan.
Tekshiruv davomida avtomashinada yo‘lovchi sifatida kelayotgan fuqaro (1963 yida tug‘ilgan) S. U. ga tegishli poliyetilen paket ichida nonlar orasiga yashirilgan “gashish” giyohvandlik vositasi borligi aniqlangan va hujjatlashtirilib olingan.
Mazkur holat yuzasidan ushlangan shaxsga nisbatan Angren shahri IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.








