5 ta davlat Xitoyga qarshi ittifoq tuzdi
U “Tinch okeanidagi hamkorlar” deb nomlangan.

Avstraliya, Buyuk Britaniya, Yangi Zelandiya, AQSH va Yaponiya Tinch okeani mintaqasida yangi ittifoq tuzilganini e’lon qildi. Bu haqda tegishli bayonot Oq uy rasmiy saytida xabar berildi.
Mazkur ittifoq “Moviy Tinch okeanidagi hamkorlar” deb nomlangan. U iqlim muammolari, Tinch okeanidagi xavfsizlik va transport tarmoqlarini rivojlantirish masalalarini hal qiladi.
“Biz Tinch okeanida farovonlik, barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlashda davom etar ekanmiz, yaqinroq hamkorlik orqali jamoaviy kuchimizni ishga solishimiz kerak”,— deyiladi Oq uy bayonotida.
Ma’lum qilinishicha, bu tashabbusga boshqa davlatlar, jumladan, Janubiy Koreya, Kanada va Germaniya ham qiziqish bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, 2021-yil sentyabr oyida AQSH, Buyuk Britaniya va Avstraliya Xitoyga qarshi AUKUS deb nomlangan yangi blok tashkil etilishni e’lon qilgandi.








