Farg‘onada yigit rashk tufayli sevgan qizini urib, tepib ketdi
Holat bo‘yicha viloyat IIB ma’lumot berdi.

Ijtimoiy tarmoqda Farg‘ona viloyatida yigit tanishi bo‘lgan qizni ko‘cha o‘rtasida urib ketgani aks etgan videoxabar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat IIB rasmiy munosabat bildirdi.
Aniqlanishicha, joriy yilning 25-iyun kuni Dang‘ara tumanida yashovchi fuqarolar A. D. va N. T. (ayol) o‘rtasida rashk tufayli kelishmovchilik yuzaga kelgan. Buning oqibatida “Navbahor” MFY hududida A. D. N. T. ni qo‘l va oyoqlari bilan urib, tepib voqea joyidan ketib yuborgan.
Hozirda mazkur xolat yuzasidan sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlanib, Dang‘ara tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.








