Jonson Zelenskiyni Britaniyaga taklif qilmoqchi
Kiyev rahbari Yelizaveta II bilan uchrashishi mumkin.

Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni o‘z mamlakatiga rasmiy tashrif bilan taklif qilish imkoniyatini ko‘rib chiqayotganini aytdi.
“Agar Zelenskiy Ukrainani tark eta olsa va zarur deb topsa, u holda Buyuk Britaniya uni sharaf bilan kutib oladi”,— dedi Jonson G7 sammitida.
Buyuk Britaniya bosh vaziri, shuningdek, Vladimir Zelenskiy ushbu “dahshatli” davrda o‘z mamlakati va jahon jamoatchiligi fikrini boshqarib, aqlbovar qilmaydigan ishni amalga oshirganini ta’kidladi.
Avvalroq “The Sunday Times” Britaniya hukumati Zelenskiyning mamlakatga tashrifini, jumladan, qirolicha Yelizaveta II bilan uchrashuvni tashkil etish imkoniyatini ko‘rib chiqayotgani haqida xabar bergan edi.








