Navoiydagi “To‘dako‘l”ga dam olish uchun borgan yigit to‘satdan vafot etdi
Holat yuzasidan viloyat IIB munosabat bildirdi.

Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanidagi “To‘dako‘l” dam olish maskanida 25-iyun kuni dam olish uchun kelgan yigit to‘satdan vafot etdi. Holat bo‘yicha viloyat IIB axborot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, soat 15:45 larda Qiziltepa tuman tibbiyot birlashmasiga 2006 yilda Navoiy shahrida tug‘ilgan voyaga yetmagan N. D. “To‘dako‘l” dam olish maskaniga borib, to‘satdan vafot etganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, o‘smir “to‘satdan o‘lim sindromi, o‘tkir yurak-qon tomir nafas yetishmovchiligi” oqibatida vafot etgan. Holat yuzasidan surishtiruv harkatlarini tuman prokuraturasi olib bormoqda.








