O'zbekiston

Qo‘qonda defektologning singlisi 3 yoshli bolani kaltakladi

Bola ko‘p yig‘lab yuborganidan asabiylashgan ayol uning yuziga qo‘li bilan urgan.

Qo‘qonda defektologning singlisi 3 yoshli bolani kaltakladi

 

Ijtimoiy tarmoqda Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahridagi 39-son ixtisoslashgan logoped bog‘chada nogiron bola bog‘cha opa tomonidan muntazab kaltaklanib kelingani haqida xabar tarqaldi. Mazkur holat viloyati IIB tomonidan o‘rganib chiqildi. 


Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 17-iyun kuni viloyat IIB “102” qisqa raqamiga Qo‘qon shahrida istiqomat qiluvchi E. M. (ayol) murojaat qilib, shaharning O‘rdatagi ko‘chasida joylashgan bolalar bog‘chasida tarbiyachi uning farzandini urib, tan jarohati yetkazganligi haqidagi xabar kelib tushgan. 


Olib borilan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida yuqoridagi holat  maktabgacha ta’lim tashkilotida emas, defektolog mutaxassisning yashash uyida sodir bo‘lganligi ma’lum bo‘lgan. Ko‘rsatilgan manzildagi xonadonda A. Gʻ. (ayol) kasbi  defektolog bo‘lgan opasi  D. A. ga  yordamchi sifatida qarashib turganligini, joriy yilning 17 iyun kuni bolalardan biri, voyaga yetmagan A. A. (suratdagi bola) ko‘p yig‘lab yuboroganligi sababli asabiylashib, uni yuziga qo‘li bilan urganini bildirgan. 


O‘tkazilgan sud-tibbiy ekspertizasining xulosasida voyaga yetmagan A. A. ga ko‘p davom etmaydigan yengil tan jarohati yetkazilganligi ko‘rsatilgan. 


Mazkur holat yuzasidan fuqaro A. Gʻ. ga nisbatan Qo‘qon shahar IIB tomonidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 52-middasi (yengil tan jarohati yetkazish) 2-qismi bilan ma’muriy tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, 25 iyun kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘qon shahar sudiga yuborilgan.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Qo‘qonda defektologning singlisi 3 yoshli bolani kaltakladi | Zamon.uz