Putin G20 sammitida qatnashgan taqdirda Yevropa uni boykot qiladimi?
Yevrokomissiya raisi bunga javob berdi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin “katta yigirmatalik” sammitida ishtirok etgan taqdirda, Yevropa uni boykot qilmaydi. Bu haqda Yevropa komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayen maʼlum qildi.
“Biz butun G20 faoliyatini to‘xtatib qo‘yishimiz mumkin, shu sababli men boykotga qarshiman. Fikrimcha, “katta yigirmatalik” rivojlanayotgan davlatlar va bozorlar uchun juda muhim”, – degan u ZDF telekanaliga bergan intervyusida.
Uning fikricha, Putinga G‘arb davlatlarining fikrlari va bahosini shaxsan yetkazish muhim ahamiyatga ega.
G20 sammiti noyabr oyida Indoneziyaning Bali orolida bo‘lib o‘tadi.
Avvalroq Putin G‘arb davlatlarining makroiqtisodiy siyosatini global inflyatsiyaga olib kelganini maʼlum qilgandi.







