Putin G20 sammitiga taklifni qabul qildi
Sammit 15—16-noyabr kunlari Bali orolida bo‘lib o‘tadi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin indoneziyalik hamkasbi Joko Vidodoning 15—16-noyabr kunlari Bali orolida bo‘lib o‘tadigan G20 sammitiga taklifini qabul qildi. Bu haqda “Interfaks” nashri xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Kreml Putinning G20 sammitida ishtirok etishini tasdiqlagan.
Prezident matbuot xizmati shuningdek, Vidodoning Gʻarb davlatlari tomonidan bosim o‘tkazilayotganiga qaramay, Putinni sammitga taklif qilganini alohida ta’kidladi.








