O'zbekiston

Tadbirkorga yengillik yaratmasdan turib, natijaga erishib bo‘lmaydi — Shavkat Mirziyoyev

Prеzident investitsiya loyihalari taqdimoti bilan tanishdi

Tadbirkorga yengillik yaratmasdan turib, natijaga erishib bo‘lmaydi — Shavkat Mirziyoyev

 

Bugun, 27-iyun kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi.


Bu yil Toshkentda qariyb 4 milliard dollar investisiya hisobiga 500 dan ziyod loyiha rejalashtirilgan. Bugungi kunga kelib, shundan 1 milliard 500 million dollari o‘zlashtirilgan. 120 million dollarlik 71 ta loyiha ishga tushirilib, 5 mingdan ortiq ish o‘rni yaratilgan. Umumiy miqdori 2 milliard 300 million dollarlik yana 450 ta loyiha bo‘yicha ish olib borilmoqda.


Davlat rahbari birinchi yarim yillikdagi ko‘rsatkichlar yetarli emasligini ta’kidlab, kechikayotgan loyihalarning muammosini hal qilish, investisiyalar jalb etishni ko‘paytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.


Taqdimotda “Yangihayot” industrial texnoparkida olib borilayotgan ishlar ham ko‘rib chiqildi.


Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining 2021 yil 4 fevraldagi qarorida belgilangan edi. Ushbu texnopark uchun 210 gektar maydon ajratilgan. Bosh reja ishlab chiqilib, bugungi kunda muhandislik-kommunikasiya tarmoqlarini barpo etish boshlangan.
Prezident bu ham iqtisodiy, ham ijtimoiy jihatdan muhim loyiha ekanini ta’kidladi.


“Hech qaysi davlatda tadbirkorga yengillik yaratmasdan turib, natijaga erishib bo‘lmaydi. Bu texnopark tadbirkorlar uchun qulay maydon bo‘lishi kerak. Import o‘rnini bosadigan, ko‘proq odamlarni ish bilan ta’minlaydigan loyihalarga e’tibor qaratish kerak”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.


Birinchi bosqichda texnoparkning 110 gektar maydoni auksionda sotilgan. Ularda oshxona jihozlari, qandolatchilik va to‘qimachilik mahsulotlari, santexnika tovarlari, polietilen va metall buyumlar ishlab chiqarish loyihalari joylashtirilgan. Umuman, texnoparkda tashkil etiladigan korxonalarda 20 ming ish o‘rni yaratilishi mo‘ljallangan.


Toshkentda xizmat ko‘rsatish sohasi bo‘yicha ham imkoniyatlar katta. O‘tgan besh oyda bu sohada 5 ming 500 ta loyiha doirasida 183 mingta ish o‘rni yaratilgan.


Davlat rahbari aholining talabi va imkoniyatlari o‘sib borayotganini, shundan kelib chiqib, xizmatlarni keng ko‘lamda rivojlantirish zarurligini ta’kidladi. Yoshlarni bu soha bo‘yicha o‘qitib, xizmatlar sifatini va bandlikni oshirish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Tadbirkorga yengillik yaratmasdan turib, natijaga erishib bo‘lmaydi — Shavkat Mirziyoyev | Zamon.uz