Yuriy Shatunovning o‘limida shifokorlar aybdor bo‘lishi mumkin
Qo‘shiqchiga o‘z vaqtida yordam ko‘rsatmagan shifokorlarga jinoiy ish ochildi

"Laskovy May" guruhining sobiq solisti Yuriy Shatunov o‘limi sababli shifokorlarga nisbatan jinoiy ish ochilgan. Bu haqida guruhning ijrochi derektori Arkadiy Kudryashov KP.RU portaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Yura stolda o‘zini yomon xis qildi. U birdan ko‘kragini changalladi va nafas olishiga qiynala boshladi. Biz tez yordamga qo‘ng‘iroq qildik. Tez yordam despechiri uni o‘zimiz olib bormasak tez yordamni uzoq kutib qolishimiz mumkinligini aytdi. Yurani eng yaqin tez yordam bo‘limiga olib bordik, u yerda kasalning ahvoli jiddiy ekanligini va kasalxonaga olib borish kerakligini aytishdi. Ular bizni kasalxonaga eski jihozlarsiz Gazel mashinasida yuborishdi. yurani kasalxonagacha olib bora olmadik, yo‘lda uni joni uzilib bo‘lgan edi. Kasalxonada uni hayotga qaytarishga urinishdi ammo bu ilojsiz edi. U allaqachon o‘lib bo‘lgan edi. Nazarimda uni qutqarishning iloji yo‘q edi. Hozir shifokorlarga nisbatan jinoiy ish ochildi deydi musiqachining yordamchisi.
Ma’lum bo‘lishicha 24 kuni tez yordam despechiri Shatunovga guruh yuborishdan bosh tortgan. Manbalarning ta’kidlashicha xonandaning do‘stlari tez yordamga qo‘ng‘iroq qilib yuragi jiddiy be’zota qilgan odam haqida xabar berishgan. Dispecher esa ularga mashina yo‘qligini aytgan aslida u guruh yuborishdan bosh tortgan. Bundan tashqari Dispecher qo‘ng‘iroq jarayonida bemorning umumiy ahvoli haqida aniqlovchi savollar ham bermagan.







