Jahon

AQSH Ukrainaning yo‘qotilgan hududlarni qaytarib olishiga shubha bildirdi

CNN  telekanali qator amaldorlar orasida bu bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazgan.

AQSH Ukrainaning yo‘qotilgan hududlarni qaytarib olishiga shubha bildirdi

 

Oq uy vakillarining aksariyati Ukrainaning yo‘qotilgan hududlarni qaytarib olishiga ishonmaydi. Bu CNN o‘tkazgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra aniqlandi.

 

Telekanal maʼlumotlariga ko‘ra, AQSH prezidentining maslahatchilari Zelenskiyning joriy vaziyatga berayotgan bahosini o‘zgartirish va uni ayrim hududlarni yon berishga ko‘ndirish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Ammo bu Kiyevga bosim o‘tkazish zarurligini anglatmaydi va Vashington Ukrainadan yon berishlarni talab qilmaydi.

 

Shu bilan birga administratsiyadagi hamma ham ukrain armiyasi istiqboliga salbiy qaramayapti. Masalan, milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi Jeyk Sallivan ukrainalik hamkasblari bilan doimiy muloqotda bo‘lib turibdi.

 

“Ukraina bu hududlarni qaytarib olishi to‘liq bizning qo‘llab-quvvatlashimizga bog‘liq”, – degan nomi sir qolishni istagan kongressmenlardan biri.

 

O‘z navbatida Pentagon vakili a boshqa manbalar Kiyevning yo‘qotilgan hududlarni qaytarib olishi uchun katta kuchlarni jalb qila olishiga shubha bildirgan.

 

Avvalroq Vashington Ukrainaga havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlari berishi to‘g‘risida xabar berilgandi.

 

 

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

AQSH Ukrainaning yo‘qotilgan hududlarni qaytarib olishiga shubha bildirdi | Zamon.uz