BMT dunyodagi giyohvandlar sonini ochiqladi
Tashkilotning narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi bu bo‘yicha maxsus hisobot eʼlon qildi.

Dunyoda 15-64 yoshlilar orasidagi giyohvandlar soni 284 million kishiga yetdi. Bu haqda BMT narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi hisobotida so‘z boradi.
Unga ko‘ra, 2010 yildan 2020 yilgacha narkotik moddalar isteʼmoli 26 foizga oshgan. Bu 15-64 yoshidagi sayyora aholisining 5.6 foizi giyohvand ekanligini anglatadi.
Bundan tashqari, dunyoda giyohvand moddalar isteʼmol qilish ortidan paydo bo‘ladigan kasalliklarga chalinganlar soni ham ko‘paygan. (so‘nggi 10 yilda 38.6 million kishiga oshgan).
Giyohvandlarning aksariyati davolanish bo‘yicha qiyinchiliklarga duch kelgan.
Avvalroq O‘zbekistondagi narkovaziyatga salbiy taʼsir ko‘rsatayotgan asosiy faktor ochiqlangandi.







