O'zbekiston

Jizzaxda tug‘ilgan nogiron chaqaloq 2 soat o‘tib, vafot etdi

Aniqlanishicha, bolaning ota-onasi aka-singilning farzandlari bo‘lgan.

Jizzaxda tug‘ilgan nogiron chaqaloq 2 soat o‘tib, vafot etdi

 

Ijtimoiy tarmoqda Jizzax viloyatining Do‘stlik tumanida qarindoshlar o‘rtasidagi nikohdan tug‘ma nuqsonli chaqaloq dunyoga kelgani aytilgan videolavha tarqaldi. Holat yuzasidan viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi rasmiy ma’lumot berdi. 


Aniqlanishicha, 2022 yil 4 iyun kuni soat 04:00 larda 1994-yilda tug‘ilgan fuqaro X. T. tuman markaziy shifoxonasining tug‘uruq bo‘limiga murojaat qilgan.  Unga “Homiladorlik 2. Tug‘uruq 2. 35 hafta 4 kun. Homilaning chanog‘i bilan kelishi” tashxisi qo‘yilgan.


Shu kuni soat 06:10 da “Ko‘p nuqsonli chaqaloq. Tug‘ma ixtioz og‘ir darajasi” tashxisi bilan og‘irligi 2800 gramm, bo‘yi 47 santimetr bo‘lgan, muddatiga yetgan o‘g‘il jinsli nogiron chaqaloq dunyoga kelgan. Ko‘rsatilgan reanimasion tibbiy muolajalarga qaramasdan, hayotga zid qo‘shma asoratlar bilan tug‘ilgan go‘dak shu kuni 08:20 da vafot etgan.


Ma’lum bo‘lishicha, mazkur tug‘ilgan ko‘p nuqsonli chaqaloqning ota-onasi aka-singilning farzandlari bo‘lgan. Ushbu oila ikkala tomonning ham ikkinchi turmushi hisoblanadi. Ularning avvalgi turmushlaridan bir nafardan sog‘lom farzandlari bor. Ayolning mazkur  homiladorlik davri normal kechgan.


“Tibbiyotda aksariyat hollarda yaqin qarindoshlar nikohi tufayli bolalar turli irsiy nuqsonlar bilan dunyoga kelishi isbotlangan. Xususan, bunday oilalar tufayli tug‘ilajak bolada tug‘ma aqliy zaiflik, xromosom kasalliklar, daun sindromi, aqliy va jismoniy o‘sishdagi jiddiy oqsoqlik kabi xavfli xastaliklar kelib chiqishi mumkin”— deyiladi xabarda.

 

Javohirbek TURSUNOV

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Jizzaxda tug‘ilgan nogiron chaqaloq 2 soat o‘tib, vafot etdi | Zamon.uz