O'zbekiston

Namanganda 3 ta avtomashina o‘zaro to‘qnashib ketdi

Hodisa oqibatida 1 kishi shifoxonaga yotqizilgan.

Namanganda 3 ta avtomashina o‘zaro to‘qnashib ketdi

 

Ijtimoiy tarmoqda Namangan viloyatining Uychi yo‘lida 3 ta mashina ishtirokida YTH ro‘y bergani haqida xabar tarqaldi. Xolat yuzasidan viloyat IIB YHXB rasmiy munosabat bildirdi.

 

Ma’lum bo‘lishicha, 28 iyun kuni soat 11:15 larda Namangan-Uychi-Uchqo‘rg‘on yo‘lining 8,5-kilometrida Vaz-2106 rusumli transport vositasini Uchqo‘rg‘on yo‘nalishi bo‘ylab boshqarib ketayotgan haydovchi harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, qarama-qarshi tomonga o‘tib ketgan va Namangan yo‘nalishi bo‘ylab kelayotgan Laсetti avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan. Shundan so‘ng Laсetti avtomashinasi yo‘lning o‘ng tomon chetida to‘xtab turgan Damas rusumli transport vositasiga borib urilgan. 


Hodisa oqibatida avtomashinalar texnik shikastlangan. Vaz-2106 haydovchisi tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Namanganda 3 ta avtomashina o‘zaro to‘qnashib ketdi | Zamon.uz