Toshkentda “Qo‘yliq” bozori oldidagi yo‘l yopildi
Shahar hokimligi cheklov sababini ma’lum qildi.

Toshkent xalqa avtomobil yo‘li Sergeli-Rohat yo‘nalishining “Qo‘yliq” dehqon bozori qarshisidagi qismi avtomobillar harakati uchun yopiladi. Bu haqda shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, bunga mazkur hududda olib borilayotgan yo‘l-qurilish ishlari sabab bo‘lgan.
“Bu vaqt davomida avtomobillar Toshkent xalqa avtomobil yo‘li va “Qo‘yliq” dehqon bozori oralig‘ida tashkil etilgan qo‘shimcha yo‘ldan foydalanishlari mumkin”, — deyiladi xabarda.








