Putin va Rahmon nimalar haqida gaplashdi?
28 iyun kuni Rossiya va Tojikiston yetakchilari muzokara o‘tkazdi.

Vladimir Putin va Emomali Rahmon 28 iyun kuni Dushanbeda muzokaralar o‘tkazdi. Uning yakunlari bo‘yicha Tojikiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
Ikki davlat rahbarlari Afg‘onistondagi vaziyatga alohida eʼtibor qaratgan. Tomonlar xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni kengaytirish va afg‘on-tojik chegarasini mustahkamlash zarurligini taʼkidlagan. Vladimir Putin Moskvaning Afg‘onistondagi barcha kuchlar bilan muloqot o‘tkazayotganini eslatib o‘tgan.
"Tojikiston va Rossiya yetakchilari bugungi kunning real talablaridan kelib chiqqan holda bundan buyon xam madaniy-gumanitar hamkorlikni amaliy kengaytirish zarurligini qayd etdi" ,— deyiladi xabarda.
Shuningdek, Emomali Rahmon ikki davlat o‘rtasidagi savdo aylanmasi joriy yilning dastlabki besh oyida 50 foizga oshganini maʼlum qilgan.
Avvalroq Putinning Turkmanistonga borishi to‘g‘risida xabar berilgandi.







