O'zbekiston

Qashqadaryoda issiq sabab avtomashina yonib ketgani aytildi

FVB xabariga ko‘ra, avtomobil harakatlanayotgan vaqtida to‘satdan yong‘in chiqqan.

Qashqadaryoda issiq sabab avtomashina yonib ketgani aytildi

 

Ijtimoiy tarqmoqda Qarshi–Samarqand yo‘lida issiq tufayli avtomashina yonib ketgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot xizmati ma’lumot berdi.

 

Qayd etilishicha, hodisa bugun, 29-iyun kuni Qashqadaryo viloyatining Ko‘kdala tumani Beglamish mahallasi hududidan o‘tuvchi 4P87 avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan. Bu haqda fuqarolar tomonidan tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga soat 14:38 larda xabar berilgan.

 

Xabarga ko‘ra, qutqaruv xizmatidan 1 ta bo‘linma voqea joyiga yetib borib, yong‘inni soat taxminan 15.05 larda to‘liq bartaraf etgan.

 

“Avtomobil harakatlanayotgan bo‘lgan va to‘satdan yong‘in chiqqan, avtomobilda birlamchi yong‘in o‘chirish vositasi (ognetushitel) bo‘lmaganligi uchun yong‘inni dastlab holatidayoq o‘chirolmagan”, — deyiladi xabarda.

 

Hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan. Avtomashining to‘liq qismi yonib zararlangan. Hozirda moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Qashqadaryoda issiq sabab avtomashina yonib ketgani aytildi | Zamon.uz