Samarqanddagi “Zarafshon” milliy bog‘iga o‘t ketdi
Holat bo‘yicha viloyat FVB ma’lumot berdi.

Bugun, 29-iyun kuni Samarqand viloyatining Jomboy tumanidagi “Zarafshon” milliy tabiat bog‘i hududida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, soat 13:15 da Jomboy tumani “Zarafshon” MFY hududidagi “Zarafshon” milliy tabiat bog‘iga qarashli o‘rmonda yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida tuman FV bo‘limiga xabar kelib tushgan.
“Yong‘in joyiga YOQElari soat 13:27 da yetib borib, soat 14:40 da qurshab olgan va yong‘in soat 17:00 da bartaraf etilgan. Yong‘inni bartaraf etishga FVB ning 6 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb etilgan”,—deyiladi xabarda.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.








