Vashington Rossiyaga tegishli qancha boylikni muzlatib qo‘ydi?
Moliya vazirligi bu bo‘yicha maʼlumot tarqatdi.

AQSH Rossiyaning 330 milliard dollarlik aktivlarini muzlatib qo‘ygan. Bu haqda Qo‘shma shtatlar moliya vazirligi xabar berdi.
Unga ko‘ra, so‘ngi 100 kunda muzlatib qo‘yilgan va bloklangan aktivlarning umumiy miqdori 330 million dollardan oshdi. Unning 30 milliardi Rossiya fuqarolariga, 300 milliardi esa mamlakat Markaziy Bankiga tegishli.
Avvalroq Vengriya Rossiyaga qarshi sanksiya joriy etishni to‘xtatishga chaqirgandi.







