Bayden yana qovun tushirdi
U Shvetsiyani Shveysariya bilan adashtirib yubordi.

Jo Bayden NATO sammitida Shvetsiya rahbarlari bilan aloqalar haqida gaplashar ekan, bu mamlakatni Shveysariya bilan adashtirib yubordi.
Shuningdek, AQSH Prezidenti Rossiyaning maqsadi NATOni zaiflashtirish ekanini, ammo betaraflikka amal qilgan Finlyandiya va Shvetsiya bu tashkilotga kirishga qaror qilgani sababli ittifoq yanada mustahkamlanganini aytdi.
“Rossiyaning maqsadi ittifoqni yo‘q qilish va zaiflashtirish edi, ammo buning teskarisi bo‘ldi. Finlyandiya va Shvetsiya har qachongidan ham kuchliroq bo‘ladi. Ikkala davlatning ham jiddiy armiyalari bor. Bu davlatlar NATO chegaralarini taxminan 13 ming km - Rossiya chegarasi bo‘ylab kengaytiradi”, — deydi Bayden.








