Bo‘stonliq tog‘larida 5 kishi yo‘qolib qoldi
Ular yarim tunda yo‘ldan adashib, pastga tusha olishmagan.

Bugun, 30-iyun kuni Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida 5 nafar fuqaro tog‘da adashib qoldi. Bu haqda viloyat FVB axborot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, soat 00:30 besh nafar fuqaro Bo‘stonliq tumanidagi tog‘larda yo‘ldan adashib kolib, pastga tushb olishda yordam so‘rab da Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining Tezkor boshqaruv markaziga murojaat qilgan.
Shunga asosan, manzilda adashib qolgan fuqarolarni izlab topish va ularni qutqarish Beldersoy tog‘ining Qumbelsoy hududida amalga oshirilgan. Qidiruv-qutqaruv ishlariga Chimyon yong‘in-qutqaruv otryadining bir guruh qutqaruvchilari jalb qilingan.
Qutqaruvchilarning sa’y-harakatlari natijasida yo‘ldan adashgan besh nafar fuqarolar topilib, sog‘-salomat pastga olib tushildi.








