Rossiya garnizoni Zmeiyniy orolini tark etdi
Orol 25 fevralda rus qo‘shinlari tomonidan egallab olingandi.

Rossiya qo‘shinlari Ukrainaning Zmeiyniy orolini tark etdi. Bu haqda RF mudofaa vazirligi rasmiy vakili Igor Konashenkov maʼlum qildi.
Zmeiyniy Rossiya-Ukraina mojarosi boshlang‘ich davrida rus qo‘shinlari tomonidan egallab olingandi. Bu orol Qora dengiz shimoliy akvatoriyasini nazorat qilishda strategik ahamiyatga ega.
Moskva buni Ukraina hududidan oziq-ovqat mahsulotlarini global bozorga olib chiqish uchun to‘sqinlik qilmasligini isbotlash uchun amalga oshirganini aytmoqda.
“Ushbu qaror Kiyevning yaqinlashib kelayotgan oziq-ovqat inqirozida Rossiyani asossiz ayblashiga to‘sqinlik qiladi”, – degan Konashenkov.
Avvalroq Rossiya va Ukrainaning kelishuvga erishishi imkoniyati baholangandi.







