Rossiya—NATO o‘rtasida ziddiyat kuchaymoqda
Putin alyansning qarorlaridan norozi bo‘lmoqda.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin NATOning harakatlarini qoraladi. U harbiy alyansni Ukraina mojarosi orqali o‘z “ustunligini” ta’minlashga intilayotganlikda aybladi.
Rossiya yetakchisi agar NATO Finlyandiya va Shvetsiyada qo‘shin va infratuzilmani joylashtirsa, xuddi shunday javob qaytarilishini aytdi. Kreml rahbariga ko‘ra, alyansning bu qarori tahdidni oshiradi.
Ma’lumot uchun: Xelsinki va Stokgolmning NATOga qo‘shilishi Yevropa xavfsizligidagi o‘n yilliklardagi eng katta o‘zgarishlardan biri bo‘ldi.








