O'zbekiston

Talabalar uchun davlat granti soni ikki baravarga oshiriladi— Prezident

Shuningdek, texnikumlar uchun ta’lim krediti joriy qilinadi.

Talabalar uchun davlat granti soni ikki baravarga oshiriladi— Prezident

 

Avvalroq O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yoshlar kuniga bag‘ishlangan bayram tadbirida ishtirok etib, nutq so‘zlagani xabar qilingandi.


Davlat rahbari nutqi davomida O‘zbekistonda yoshlar uchun amaldagi imtiyozlarni 11 tadan 25 taga ko‘paytirilishini ta’kidlagandi. Shuningdek, Prezident so‘zida davom etib, ta’lim sohasiga ham to‘xtalib o‘tdi.

 

“Yana bir muhim yangilik – musiqa san’atiga qiziqishi baland bo‘lgan yoshlarni yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2022-2023 o‘quv yilidan boshlab:

—maqom xonandaligi, maqom cholg‘u ijrochiligi va baxshichilik yo‘nalishlariga yangi qabul qilingan talabalarning shartnoma to‘lovlari to‘liq davlat tomonidan to‘lab beriladi;

—fortepiano ijrochilari tayyorlash bo‘yicha qabulni 3 barobarga ko‘paytirib, bu yo‘nalishda ham kontrakt to‘lovlari to‘la qoplab beriladi.

Bundan tashqari, endi texnikumlarga qabul yilda 2 marta tashkil etilib, talabalar uchun davlat granti soni 2 barobarga oshiriladi.

Shuningdek, texnikumlar uchun ta’lim krediti joriy qilinadi va 80 mingdan ziyod yoshlarga kredit berish uchun moliyaviy resurs ajratiladi. 

Bundan buyon xususiy ta’lim muassasalarida IT bo‘yicha o‘qish (dasturlash, veb-dizayner, animatsiya) istagini bildirgan yoshlarga ham 20 million so‘mgacha miqdorda 4 yillik imtiyozli kredit taqdim etiladi”, — dedi Prezident.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Talabalar uchun davlat granti soni ikki baravarga oshiriladi— Prezident | Zamon.uz