O'zbekiston

“Yoshlar daftari”dagi imtiyozlar 11 tadan 25 taga ko‘paytiriladi—Prezident

Shuningdek, yoshlarga ilm-fan, sport, san’at va madaniyat yo‘nalishlaridagi to‘garaklar uchun 6 oy davomida 300 ming so‘mdan pul to‘lanadi.

“Yoshlar daftari”dagi imtiyozlar 11 tadan 25 taga ko‘paytiriladi—Prezident

 

Ayni paytda Toshkentdagi “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida Yoshlar kuniga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tmoqda. Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zlab, barchani bayram bilan tabrikladi va “Yoshlar” daftari bo‘yicha beriladigan imtiyozlarning qo‘paytirilishi haqida gapirib o‘tdi.

 

“Yoshlarning dunyoqarashi, ularning muayyan bir kasbga bo‘lgan qiziqishi 14 yoshidan, ya’ni maktab davridanoq shakllanadi. Shu bois, bundan buyon 14-17 yosh oralig‘idagi 3 million nafarga yaqin o‘g‘il-qizlarimizga ham “Yoshlar daftari”da ko‘zda tutilgan imtiyoz va yengilliklardan foydalanish imkoniyati yaratiladi.

 

Xususan, unda nazarda tutilgan imtiyozlar amaldagi 11 tadan 25 taga ko‘paytiriladi.

 

Ushbu daftarga kiritilgan farzandlarimizga zamonaviy kasblar, axborot texnologiyalari va xorijiy tillarni o‘rganishi uchun har biriga oyiga 1 million 200 ming so‘mdan subsidiya beriladi.

 

Shuningdek, yoshlarga ilm-fan, sport, san’at va madaniyat yo‘nalishlaridagi to‘garaklar uchun 6 oy davomida 300 ming so‘mdan pul to‘lanadi.

 

Ularga ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha mahalliy olimpiadalarda qatnashish xarajatlari uchun 1 million 200 ming so‘mdan, nufuzli xalqaro olimpiadalar uchun 12 million so‘mdan mablag‘ ajratiladi. 

 

“Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan oilalarning farzandlari uchun yilda bir marotaba maktab formasi hamda o‘quv qurollarini sotib olish xarajatini davlat o‘z zimmasiga oladi”, — dedi Prezident.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

“Yoshlar daftari”dagi imtiyozlar 11 tadan 25 taga ko‘paytiriladi—Prezident | Zamon.uz