Finlyandiya prezidenti: Putin bilan boshqa xokkey o‘ynamayman
Sauli Niinistyo Rossiya bilan munosabatlar masalasiga to‘xtaldi.

Finlyandiya prezidenti Sauli Niinistyo Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bilan boshqa xokkey o‘ynamasligini maʼlum qildi. Bu haqda siyosatchi La Repubblica nashriga bergan intervyusida aytgan.
Niinistyo Rossiyaga 2012 yilda amalga oshirgan birinchi tashrifida Putin bilan xokkey o‘ynaganini taʼkidlagan. Shu bilan birga u Moskva bilan munosabatlarni hamkorlik sifatida ko‘rmasligini, ammo uni fikri inobatga olinishi kerak bo‘lgan qo‘shni ekanlini qayd etgan.
Avvalroq AQSH milliy razvedkasi Ukraina bilan tinchlikka erishish Putinning qaroriga bog‘liq ekanligi to‘g‘risida xulosa bergandi.







