Vengriya harbiy salohiyatini kuchaytirmoqchi
Mamlakat bosh vaziri bu bo‘yicha topshiriq bergan.

Vengriya bosh vaziri Viktor Orban mudofaa xarajatlarini keskin oshirmoqchi. Bu Reuters agentligi xabar berdi.
“Biz o‘z mudofaa salohiyatimizni keskin oshirishimiz kerak”, — degan bosh vazir.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Vengriya Ukraina nizosi tezroq yakunlanishidan manfaatdor. Shu bilan birga Orban Budapeshtning nizoda ishtirok etmasligi muhimligini taʼkidlagan.
Avvalroq Vengriya Rossiyaga qarshi sanksiya joriy etishni to‘xtatishga chaqirgandi.







