O'zbekiston

Muborak tumani hokimi bloger ustidan DXXga shikoyat qildi

Blogerga hokimiyat vakillarini obro‘sizlantirish, mahalliychilik va millatchilik qilish kabi ayblovlar qo‘yilgan.

Muborak tumani hokimi bloger ustidan DXXga shikoyat qildi

 


Qashqadaryo viloyatining Muborak tumani hokimi Akram Aripov o‘zining barcha o‘rinbosarlari bilan birgalikda tumanda faoliyat ko‘rsatayotgan bloger Dilshod Safarov ustidan tuman prokuraturasi, IIB va DXXga ariza yozdi. Bu haqda “Nasafnews” nashri xabar bermoqda.

 

Arizada blogerga tuman derututlarining sha’ni va qadr-qimmatini qasddan kamsitish, obro‘sizlantirish, shuningdek, mahalliychilik va millatchilik qilish kabi keskin ayblovlar qo‘yilgan.

 

“Muborak tuman hokimi shaxsan men bilan doim yaxshi muomalada bo‘lib kelayotgan edi. Ammo yaqinda bo‘sh hududlarga deputatlik saylovlarida o‘z nomzodimni berdim. Hokimlikning tashkiliy-nazorat guruhi rahbari Ulug‘bek Shomatov saylovda mening nomzodimni qo‘ymadi. Sababini so‘rasam, hokim ruxsat bermadi dedi. Bu holat bo‘yicha Akram Aripovga 5-6 marotaba iltimos qilib, qo‘ng‘iroq qildim. Ammo hokim meni aldab, saylov o‘tgunicha vaqtni cho‘zdi. Shundan so‘ng, bo‘lgan holatni o‘zimga tegishli kanallarda yoritdim. Men saylovning noqonuniy o‘tgani haqida hech qayerga murojaat qilmadim. Ammo bundan foydalangan hokimlik vakillari meni ustimdan shikoyat yozib qolishgan. Uyat emasmi, xaqlning muammosi bilan ishlamay turib, blogerni ovozini o‘chirish bilan mashg‘ul bo‘lish?”—deydi Dilshod Safarov.

 

Vaziyat yuzasidan tuman hokimiyati matbuot kotibi Yodgor Tuymurodovning aytishicha, ish sudgacha bormaydi. Bloger ustidan yozilgan ariza qaytarib olinadi va unga nisbatan e’tiroz yo‘qligi bildiriladi.

 

“Arizaning mazmuni bilan to‘liq tanish emasman. Bu borada rahbariyatga kim taklif berganini ham bilmayman. Ulardan so‘raganimda hokimiyatga nisbatan yozilgan gaplar, ozgina shaxsiyatga o‘tib ketishlar sabab bo‘lganini aytishdi”, — deydi u.

 

Mazkur xolatga tuman hokimi Akrom Aripov munosabat bildirib,  bloger hokim ketsin deb butun xalqni qo‘zg‘atmoqchi bo‘lganini aytgan.

 

“Deputat bo‘lishim kerak deyapti, deputatlikka men saylamaymanku! Men deputatlikka nomzod ko‘rsatuvchi odam emasman. Haqiqatdan ustidan ariza yozilgan. Butun “rayon”ni, xalqni hokimiyatga qarshi qo‘yyapti u. Latoklarni yeb ketdi, deyapti. Latokni yeb ketgan bo‘lsam asoslab ber, deb aytdim. Faqat hokimni tanqid qilish ishi. Lekin men tanqidni to‘g‘ri qabul qilaman. Ammo bir odatim, nohaqlikka chiday olmayman. Bu butun xalqqa, hokimga baho berib, hokim ketsin deb, butun xalqni qo‘zg‘ab nima qiladi? Unday qilmaslik kerak, men vazir bo‘lgan odamman. Halolligim uchun ishlab yuribman”, — deydi Akram Aripov.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Muborak tumani hokimi bloger ustidan DXXga shikoyat qildi | Zamon.uz