Neft narxi 380 dollarga ko‘tarilishi mumkin
AQSHlik tahlilchilar bu bo‘yicha o‘z fikrlarini aytdi.

AQSHning eng yirik banklaridan bo‘lgan JP Morgan Chase tahlilchilari neft narxining 380 dollarga ko‘tarilishi mumkinligini taxmin qildi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.
Ekspertlar fikricha, Rossiya nefti yetkazib berilishining kuniga 3 million barrelga qisqarishi London birjasida “qora oltin”ning 190 dollargacha qimmatlashishiga olib keladi. Eng og‘ir ssenariy sifatida rus neftining kuniga 5 million barrelga kamayib ketishi ehtimoli aytilmoqda. Bu holatda uning narxi bir barrel uchun 380 dollarga ko‘tarilib ketadi.
Ammo tahlilchilar Rossiya bu qadamni faqatgina AQSH va YеI tomonidan o‘z neftiga cheklov qo‘yilgan taqdirdagina amalga oshirishini taʼkidlagan.
BMT bosh kotibi dunyo davlatlarni “yashil” energetikaga investitsiya kiritishga chaqirgandi.







