O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarasidagi nazorat-o‘tkazish punktlari vaqtinchalik faoliyatini to‘xtatdi
Bu haqda Qozog‘iston milliy xavfsizlik qo‘mitasi maʼlumot berdi.

O‘zbekiston-Qozog‘iston chegara o‘tkazish punktlari vaqtinchalik yopildi. Bu haqda Tengrinews.kz Qozog‘iston milliy xavfsizlik qo‘mitasi maʼlum qildi.
Unga ko‘ra, 2022 yil 1 iyuldan boshlab "Daut-ata" - "Tajan" nazorat o‘tkazish punktidan transport vositalari, yuk va fuqarolarning o‘tishi vaqtinchalik to‘xtatilgan. Shuningdek, ayrim temiryo‘l tarmoqlari ham bir muddat faoliyat yuritmaydi.
Ushbu yo‘nalishlar faoliyati qayta tiklanishi haqida qo‘shimcha maʼlumot berilishi aytilgan.







