Qoraqalpog‘istonda 1 oylik favqulodda holat joriy qilindi
Bu vaqt ichida Respublikaga kirish va undan chiqish cheklanadi. Barcha ommaviy tadbirlar taqiqlanadi.

Prezident farmoni bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasida 1 oylik favqulodda holat joriy qilindi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Qayd etilishicha, fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash, ularning huquq va erkinliklarini himoya qilish, qonuniylik va huquq-tartibotni tiklash maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida 2022 yil 3 iyul kuni soat 00:01 dan 2022 yil 2 avgust kuni soat 00:00 ga qadar bo‘lgan davrda favqulodda holat joriy etilgan.
Favqulodda holat davrida soat 21:00 dan 7:00 gacha komendantlik soati joriy qilinadi. Milliy gvardiya qo‘mondoni Rustam Jo‘rayev Qoraqalpog‘iston Respublikasi komendanti etib tayinlandi.
Bu vaqt ichida Qoraqalpog‘iston Respublikasiga kirish va undan chiqish cheklanadi. Barcha ommaviy tadbirlar taqiqlanadi.








